Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 10 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Egamizda men panoh topaman, Qanday qilib siz menga deysiz: “Qush kabi uchib ketgin tog‘larga.

2 Qara, pokdilning yuragini panadan otmoq uchun Qabihlar yoylarini tayyorladi, O‘qlarini shaylab, mo‘ljalga oldi.

3 Qonun, ko‘rsatmalarning asosi buzilsa, Solih nima qila oladi?!”

4 Egamiz O‘zining muqaddasMa’badidadir, Egamizning taxti samodadir. U insonni ko‘zdan qochirmaydi, Nigohi insonni tekshirib turadi.

5 Egamiz solihni hamda qabihni sinaydi, Zulmni sevguchidan U nihoyatda nafratlanadi.

6 Qabihning ustiga cho‘g‘, oltingugurt yog‘diradi, Ularga ulush qilib garmselni beradi.

7 Egamiz adolatlidir, U to‘g‘ri ishlarni sevadi, To‘g‘ri yuradigan inson Uning marhamatidan bahramand bo‘ladi.