1 Dovud qasidasi. Itoatsizligi kechirilganlar baxtlidir, Egamiz kimning gunohidan o‘tgan bo‘lsa, O‘sha inson baxtlidir.
2 Egamiz kimning aybini yozmagan bo‘lsa, O‘sha inson baxtlidir, Ruhida hiyla bo‘lmaganlar baxtlidir.
3 Ey Egam, gunohimni bo‘ynimga olmay, rad qilganimda, Tanam qoq suyak bo‘lib qolgandi, Kun bo‘yi oh–voh qilib chiqardim.
4 Kecha–kunduz qo‘ling ustimda og‘ir yuk bo‘ldi, Saraton issig‘idagiday madorim qurib qoldi.
5 Endi oldingda gunohimni e’tirof etdim, Aybimni yashirmay, o‘zim aytdim: “Egam oldida itoatsizligimni bo‘ynimga olaman.” Sen esa mening gunohimni kechirding.
6 Shu bois har bir taqvodor Vaqt borida Senga ibodat qilsin. Shunda azim suvlar to‘foni Taqvodorlarga yetib bormas.
7 Sen mening panohimsan, Meni kulfatlardan Sen asraysan, Najot qo‘shig‘i ila meni o‘raysan.
8 Egamiz aytar: “Sizlarga Men yo‘l ko‘rsataman, Yuradigan yo‘llaringizni o‘rgataman, Maslahat beraman, sizlarni kuzataman.
9 Ongsiz ot yoki xachir kabi bo‘lmanglar, Ularni yo‘lga solmoq uchun suvluq, jilov kerak, Bo‘lmasa ular yoningizga kelmaydi.”
10 Fosiqning azobi ko‘pdir, Lekin Egamizdan umidvorlarni Sodiq sevgi qurshab oladi.
11 Ey solihlar, Egamiz tufayli shodlaning, quvoning! Ey barcha ko‘ngli poklar, shodlikdan kuylang!
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150