Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 69 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Bizni Egamizning yodiga solish uchun aytilgan. Dovud sanosi.

2 Ey Xudo, najot ber menga, Kelgin tezda, ey Egam, madad ber menga.

3 Jonimga qasd qilganlar sharmanda bo‘lsin, Niyatlari barbod bo‘lsin. Halokatimni istaganlar uyatda qolsin, Sharmandayu sharmisor bo‘lsin.

4 “Holing qalay endi?!” deb meni masxaralaganlar Sharmanda bo‘lib, orqaga qaytsin.

5 Senga yuz burganlarning hammasi Sen tufayli sevinch, shodlikka to‘lsin. Sening najotingni sevganlar: “Xudo buyukdir!” deb doimo aytsin.

6 Eh, men g‘arib, bechoraman, Tezda kelgin menga, ey Xudo! Madadkorim, najotkorim O‘zingsan, Kechikmagin, ey Egam!