Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 12 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Ey Egam, qachongacha meni unutasan? Meni to abad unutasanmi? Qachongacha yuzlaringni mendan yashirasan?

3 Qachongacha jonim azobda qoladi? Kun bo‘yi yuragim g‘amga to‘ladi? Qachongacha dushmanim mendan ustun keladi?

4 Javob ber, ey Egam Xudo, boq holimga! Kuchimni qaytargin, toki ketmayin o‘lim uyqusiga

5 “Uni yengdim”, deb aytmasin dushmanim, Yiqilganimda sevinmasin yovlarim!

6 Men umid bog‘layman sodiq sevgingga, Najotingdan qalbim to‘ladi quvonchga. Ey Egam, qo‘shiq aytaman Senga Inoyat aylaganing uchun menga.