Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 90 Bob

tez o'tish:

1 Xudoyi Taolo panohida yashaydiganlar Qodir Xudo soyasida orom topar.

2 Men Egamga shunday deyman: “Sen panohimsan, qal’amsan, Men umid bog‘lagan Xudoyimsan.”

3 Albatta U xalos etar seni ovchining tuzog‘idan, Xalos etar seni qirg‘in keltiruvchi vabodan.

4 Seni U patlari ostiga olar, Uning qanotlari ostida panoh topasan, Sadoqati bilan senga qalqon, devor bo‘lar.

5 Shunda qo‘rqmaysan tunning vahimasidan, Qo‘rqmaysan kunduzi uchgan o‘qdan,

6 Zulmatda bildirmay keladigan vabodan, Qoq peshinda qirg‘in keltiruvchi o‘latdan.

7 Mingtasi chap yoningda yiqilib qoladi, O‘n mingtasi o‘ng yoningda yiqilib qoladi, Ammo bu kulfatlar senga yaqin kelmaydi.

8 Faqat ko‘zlaringni och, shunda ko‘rasan Fosiqning qanday jazo olganini.

9 -

10 Agar Egamizni panohing qilsang, Boshingga biron baxtsizlik kelmas. Xudoyi Taoloni qo‘rg‘oning qilsang, Biron falokat chodiringga yo‘lamas.

11 U sen to‘g‘ringda farishtalariga amr beradi, Farishtalar hamma yo‘llaringni qo‘riqlaydi.

12 Oyog‘ing toshga qoqilib ketmasin, deya Farishtalar qo‘llarida seni ko‘tarib boradi.

13 Sheru zaharli ilon ustidan bosib o‘tasan, Yirtqich shervachcha, ilonni oyog‘ing ostida ezg‘ilaysan.

14 Egamiz shunday deydi: “U meni yaxshi ko‘rgani uchun Men uni qutqaraman. Meni bilgani uchun Men uni himoya qilaman.

15 U iltijo qilganda Men javob beraman, Og‘ir kunlarida u bilan birga bo‘laman, Uni qutqarib, unga izzat ko‘rsataman.

16 Uzoq umr berib, uni mamnun qilaman, Unga najot beraman.”

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150