Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 45 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining qo‘shig‘i. “Qizlar” kuyiga aytilgan.

2 Xudo bizning panohimiz, qudratimizdir, Kulfatda qolganimizda doim madadkorimizdir.

3 Shu bois biz qo‘rqmaymiz hech ham Yer ostin–ustin bo‘lib ketsa ham, Dengiz bag‘riga tog‘lar qulab tushsa ham.

4 Dengizlar o‘kirib, toshib ketsa ham, Shiddatli to‘lqinlar tog‘larni titratsa ham Biz qo‘rqmaymiz hech ham.

5 Bir daryo bor, uning suvlari Olib kelar shodlik Xudo shahriga, Xudoyi Taoloningmuqaddas makoniga.

6 Shaharda Xudo turgani uchun, Shahar hech ham yiqilmasdan turadi, Tong otganda, Xudo yordamga keladi.

7 Xalqlar alg‘ov–dalg‘ov bo‘ladi, Shohliklar qulaydi. Xudo ovozi guldiraydi, yer erib ketadi.

8 Sarvari Olam biz bilandir, Yoqubning Xudosi qal’amizdir.

9 Keling, Egamizning ishlarini ko‘ring, Yer yuziga keltirgan kulfatni ko‘ring.

10 Butun olamda U jangni to‘xtatadi, Yoyni parchalaydi, nayzani sindiradi, Qalqonlarni olovda yoqib, shunday deydi:

11 “To‘xtang, biling, Men Xudoman, Xalqlar orasida Men yuksalgayman, Yer yuzida Men yuksalgayman.”

12 Sarvari Olam biz bilandir, Yoqubning Xudosi qal’amizdir.