Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 74 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytilgan. Osifning sanosi. Qo‘shiq.

2 Ey Xudo, Senga shukrlar aytamiz, Shukrlar aytamiz, Sen bizga yaqinsan, Mo‘jizalaring haqida odamlar gapiradi.

3 Xudo aytar: “Belgilangan vaqtni tanlayman, Haqqoniylik bilan hukm qilaman.

4 Zamin va undagi insonlar titragan paytda Zamin ustunlarini mahkam ushlagan Menman.”

5 Maqtanchoqlarga Xudo aytar: “Maqtanmagin”, Fosiqqa aytar: “Kuching bilan maqtanmagin.

6 Gerdayib, samolarga kuchingni ko‘rsatma, Qaysarlarcha kiborlik bilan gapirma.”

7 Hech kim sharqdan yoki g‘arbdan yoxud sahrodan Insonni yuksaltira olmaydi.

8 Hukm qiladigan Xudodir, Birovni U yiqitar, boshqasini yuksaltirar.

9 G‘azab kosasi Egamizning qo‘lida, Ziravor qo‘shilgan ko‘pikli sharobga to‘la. U sharobni quyadi, Olamdagi jamiki fosiqlar esa Quyqumigacha ichib tugatadi.

10 Men to abad Yoqubning Xudosi haqida gapiraman, Uni hamdu sano ila tarannum etaman.

11 Xudo aytar: “Fosiqlarning kuchini qirqaman, Solihlarning qudratini oshiraman.”