Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 98 Bob

tez o'tish:

1 Egamiz shohdir, xalqlar titrasin! Karublar uzra taxt qurgan U! Zamin larzaga kelsin!

2 Egamiz Quddusda ulug‘dir, Jamiki xalqlar uzra yuksakdadir.

3 Uning nomi ulug‘, haybatlidir! Uni madh qilsinlar, Zero, muqaddasdir U!

4 Shoh qudratlidir, adolatparvardir, U odillikni o‘rnatgan! Yoqub nasli orasida Adolatli va to‘g‘ri hukm chiqargan!

5 Egamiz Xudoni ulug‘langlar! Uning poyiga sajda qilinglar. Zero, muqaddasdir U!

6 Muso va Horun Uning ruhoniylaridan edi, Shomuil ham Egamizga iltijo qilganlardan biri edi. Ular Egamizga iltijo qildi, U javob berdi.

7 Ustun shaklidagi bulut ichra ular bilan gaplashdi, Ular Egamizning farmonlariga Hamda U bergan qonunlariga rioya qilardi.

8 Ularga javob berding, ey Egamiz Xudo! Sen ularni kechiruvchi Xudo bo‘lding, Ularni jazolading yomon yo‘ldan ketganlarida.

9 Ulug‘langlar Egamiz Xudoni! Sajda qiling Unga O‘z muqaddas tog‘ida. Zero, muqaddasdir Egamiz Xudo!