1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2 Baxtlidir bechorani o‘ylaydiganlar, Kulfatda qolganlarida Egamiz ularni qutqaradi.
3 Egamiz ularni himoya qiladi, hayotini asraydi, Ular yurtdagi baxtlilardan hisoblanadi, Egamiz ularni dushmanlari ixtiyoriga topshirmaydi.
4 To‘shakka mixlanib qolsa, Egamiz parvarish qiladi, Xastaligiga Egamiz shifo beradi.
5 Shunday iltijo qildim Senga: “Ey Egam, shafqat qil menga, Gunoh qildim Senga, shifo bergin.”
6 Dushmanlarim yovuz niyat ila shunday deydi: “Qachon o‘lar ekan u, nomi ham qachon o‘charkan?”
7 Ular meni ko‘rgani kelganda, Yolg‘on–yashiq gaplarni gapiradi. Yuraklarida esa fisqu fasod tugib, Tashqariga chiqadi–da, Hamma joyda yoyib yuradi.
8 Mendan nafratlanganlarning hammasi Menga zarar berishni reja qilishadi, Birlashib men haqimda pichir–pichir qilishadi:
9 “Og‘ir xastalikka chalingan u, To‘shagidan qaytib tura olmaydi.”
10 Hatto nonimni yegan yaqin, ishongan do‘stim, Menga qarshi bosh ko‘targan.
11 Sen esa, ey Egam, menga rahm qil, Meni oyoqqa turg‘az. Qilmishlariga yarasha dushmanlarimga qaytaray.
12 Dushmanlarim ustimdan g‘olib kelmasa, Mendan mamnun bo‘lganingni bilaman.
13 To‘g‘riligim uchun meni saqlaysan, Huzuringda to abad meni o‘tqazasan.
14 Olqishlar bo‘lsin abadulabad Isroil xalqining Xudosi — Egamizga! Omin! Omin!
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150