1 Ijrochilar rahbariga.
2 Edomlik Doyeg Shoulning oldiga borib: “Dovud Oximalekning uyiga kiribdi”, deb xabar bergan paytda Dovudning aytgan qasidasi.
3 Nechun maqtanasan yovuzliging ila, ey zo‘ravon?! Xudoning sodiqligi doim men bilan, axir!
4 Balo keltiraman, deya reja qilasan, O‘tkir ustaraga o‘xshaydi tiling. Aldashga sen mohirsan.
5 Ezgulikdan ko‘ra, yovuzlikni yoqtirasan, Haqiqatni so‘ylashdan ko‘ra, yolg‘onni afzal bilasan.
6 Halok qiladigan so‘zlarni yaxshi ko‘rasan, Yolg‘onchi tilni sevasan.
7 Xudo esa seni to abad vayron qiladi, Seni ushlab, chodiringdan tortib chiqaradi, Tiriklar yurtidan yo‘q qilib tashlaydi.
8 Solihlar buni ko‘rib, qo‘rqadi, Fosiqning ustidan kuladi:
9 “Qarang, o‘sha odam Xudoni panohim deb bilmadi, Mo‘l–ko‘l boyligiga umid bog‘ladi, Boshqalarni qirish tufayli kuchaydi.”
10 Men–chi, o‘xshayman Xudoning uyidagi Ko‘m–ko‘k zaytun daraxtiga. Xudoning sodiq sevgisiga Men to abad umidimni bog‘layman.
11 Ey Xudo, Sening hamma qilganlaring uchun Senga to abad shukr aytaman. Taqvodorlaringning huzurida Senga umid bog‘layman, Axir, O‘zing yaxshisan!
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150