Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 42 Bob

tez o'tish:

1 Ey Xudo, oqla meni! Shakkok xalqqa qarshi da’voim bor. O‘zing meni himoya qil. Meni bu yolg‘onchi, adolatsizlardan qutqar.

2 Axir, mening panohim — Xudo Sensan, Nega Sen tark etding meni?! Ne uchun g‘amga botib yurmog‘im kerak Dushmanlarimning siquvi dastidan?!

3 Yo‘llagin nuringni, haqiqatingni, Bular menga yo‘l ko‘rsatib tursin, Muqaddas tog‘ingga meni olib borsin, Sening makoningga meni olib borsin.

4 Shunda boraman, ey Xudo, Sening qurbongohingga. Buyuk shodligimsan, sevinchimsan Sen, Lira chalib, hamdu sano aytaman Senga, Ey Xudo, mening Xudoyim!

5 Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim? Nega behalovat bo‘lasan ichimda? Xudoga umid bog‘la! Shukr etaman Yana Unga — najotkorim, Xudoyimga.