1 Yahudo cho‘lida bo‘lganda, Dovudning aytgan sanosi.
2 Ey Xudo, mening Xudoyimsan, intilaman Senga, Quruq, toliqqan suvsiz tuproqday Jonim tashnadir Senga, Vujudim orzumanddir Senga.
3 Muqaddas maskaningda Senga nigoh tashladim, Qudratingni, shuhratingni ko‘rdim.
4 Hayotdan afzal Sening sevging, Tilimdan tushmas Sening olqishing.
5 Bir umr Seni olqishlayman, Qo‘llarimni ko‘tarib, Senga sajda qilaman.
6 Ilik bilan yog‘ yeganday jonim mamnun bo‘ladi, Shodiyona qo‘shiqlar ila Seni madh qilaman.
7 O‘rnimda yotib ham, Seni eslayman, Seni o‘ylab, tunni qarshi olaman.
8 O‘zing Mening madadkorim bo‘lding, Qanotlaring soyasida sevinch ila kuylayman.
9 Sening ortingdan qolmay ergashaman, O‘ng qo‘ling meni mahkam tutadi.
10 Jonimning payiga tushganlar Yerning qa’riga tushib yo‘q bo‘lib ketadi.
11 Ular qilichning damiga yo‘liqadi, Chiyabo‘rilarga yem bo‘ladi.
12 Shoh esa Xudodan sevinch topadi, Xudo nomi bilan ont ichganlar Uni madh qiladi, Yolg‘onchilarning og‘zi esa yopiladi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150