Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 109 Bob

tez o'tish:

1 Dovud sanosi. Egamiz aytmoqda hazratimga: “Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha, Sen Mening o‘ng tomonimda o‘tirgin.”

2 Ey hazratim! Egamiz sening hukmronligingni Quddusdan boshlab kengaytirar! Dushmanlaring o‘rtasida sen hukmronlik qil!

3 Sen jang qiladigan kunda Jangchilaring o‘z xohishi bilan maydonga chiqadi. Erta tong yosh yigitlaring Shabnam kabi atrofingda to‘planadi, Ular muqaddas ulug‘vorlikka burkangan.

4 Egamiz ont ichgan, qarorini o‘zgartirmas: “Sen Maliksidiq singari To abad ruhoniysan.”

5 Rabbiy o‘ng tomoningda o‘tirar, G‘azablangan kunda shohlarni ezib tashlar.

6 U xalqlarni hukm qilib, jasadlarini uyum qilar, Butun yer yuzidagi hukmdorlarni ezib tashlar.

7 Ey hazratim, yo‘l bo‘yidagi irmoqdan suv ichasan, Kuchga to‘lib, g‘olib bo‘lib turasan.