Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 140 Bob

tez o'tish:

1 Dovud sanosi. Senga yolvoraman, ey Egam, yonimga tez kelgin, Senga yolvorganimda ovozimga quloq solgin.

2 Ibodatimni tutatqi nazriday qabul qilgin, Qo‘llarimni ko‘targanimni kechki qurbonlik deb bilgin.

3 Ey Egam, og‘zimga posbon qo‘ygin, Lablarim eshigini qo‘riqlagin.

4 Yuragimni qabihlikka burmagin, Yomon ishlarga qo‘shilishimga yo‘l qo‘ymagin, Badkirdorlarning jamoasida Ziyofatlarini yeyishimga yo‘l qo‘ymagin.

5 Mayli, solih odam meni uraversin, Sodiq odam meni to‘g‘rilasin, Boshim shunday a’lo moyni rad qilmasin. Mening ibodatim muttasil Badkirdorlarning qabih ishlariga qarshidir.

6 Ularning hakamlari qoyadan uloqtiriladi, Shunda fosiqlar so‘zlarim haq ekanligini bilib olishadi.

7 Badkirdorlar aytar: “Shudgor qilinib, parchalangan yerday, Suyaklarimiz qabr og‘zida maydalanib, sochilib yotibdi.”

8 Ko‘zlarim Sendadir, ey Egam Rabbiy, Sendan panoh izlayman, Meni tashlab qo‘ymagin.

9 Badkirdorlarning qopqonlaridan, Ular qo‘ygan tuzoqdan meni saqlagin.

10 Men sog‘–omon o‘tib ketayin, Fosiqlar o‘zlari qo‘ygan to‘rga tushsin.