Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 115 Bob

tez o'tish:

1 Juda ko‘p azob cheksam ham, Xudoga ishonaverdim.

2 O‘ylamasdan: “Hamma odamlar yolg‘onchidir”, dedim.

3 Egamga nima bilan qaytaray Menga qilgan barcha yaxshiliklari uchun?

4 Najot topganimni nishonlayman, Egamga sajda qilaman.

5 Egamiz xalqining ko‘zi oldida Unga bergan ontimni ado etaman.

6 Egamiz taqvodorlarining o‘limi Uning nazarida juda achchiqdir.

7 Ey Egam, men Sening qulingman, Cho‘ringning o‘g‘liman, O‘zing kishanlardan meni ozod qilgansan.

8 Shukrona qurbonligini Senga nazr qilaman, Senga sajda qilaman.

9 Quddusda, Sening uying hovlilarida, Jamiki xalqingning ko‘zi oldida Ey Egam, Senga bergan ontimni ado etaman.

10 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!