Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 100 Bob

tez o'tish:

1 Dovud sanosi. Sadoqatingni, adolatingni kuylayman, Seni, ey Egam, tarannum etaman.

2 Benuqson hayot kechirishni o‘rganaman, Qachon bunga erishaman? Pok yurak ila o‘z uyimda umr kechiraman.

3 Ko‘z oldimga birorta jirkanch narsa qo‘ymayman. Qing‘ir ishlardan nafratlanaman, Men ularga hech qo‘shilmayman.

4 Ters ishlarni rad qilaman, Yomonlik mendan uzoq bo‘ladi.

5 Do‘sti ortidan g‘iybat qiladiganni yo‘q qilaman, Takabburlik bilan qaraydigan ko‘zlarga, Mag‘rur yurakka aslo toqat qilmayman.

6 Yonimda istiqomat qilsinlar, deya Yurtimning sodiq odamlariga xayrixoh bo‘laman. Nuqsonsiz yo‘ldan yuradigan inson Menga xizmat qiladi.

7 Hiylagarlar mening saroyimda qolmaydi, Yolg‘onchilar qarshimda turmaydi.

8 Har sahar yurtdagi fosiqlarni qiraman, Ey Egam, Sening shahringdan badkirdorlarni yo‘q qilaman.