1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2 Ey Xudo, ovozimni eshitgin iltijo qilganimda, Hayotimni dushman vahimasidan qutqargin.
3 Fosiqning fitnasidan meni yashirgin, Badkirdorlar to‘dasidan himoya qilgin.
4 Ular tillarini shamshirday qayraydi, Nishonga olib, zaharli so‘zlarini o‘qday otadi.
5 Aybsiz odamni pistirmadan turib otadi, Hech qo‘rqmay, birdaniga unga o‘q uzadi.
6 Bir–birining qabih rejalarin qo‘llab– quvvatlaydi, Yashirincha tuzoq qo‘yishga til biriktiradi, “Buni kim ham ko‘rardi”, deb o‘ylaydi.
7 Ular adolatsizlikni qasd qiladi: “Ajoyib reja tuzdik”, deb aytadi. Albatta inson fikri, yuragini bilib bo‘lmaydi.
8 Xudo esa fosiqlarga o‘q uzadi, To‘satdan ular yaralanadi.
9 Ularning tili o‘zlarining boshini yeydi, Ularni ko‘rganlar qaltirab ketadi.
10 Jamiki odamzod qo‘rqib qoladi, Xudoning ishlarini ular e’lon qiladi, Xudoning qilganlari haqida o‘ylab ko‘radi.
11 Solihlar Egamiz tufayli sevinch topsin! Solihlar Unda panoh topsin, Hamma to‘g‘ri insonlar Uni madh etsin.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150