Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 124 Bob

tez o'tish:

1 Ziyorat qo‘shig‘i. Egamizga umid bog‘laganlar Sion tog‘iga o‘xshar, Hech qachon tebranmas, to abad mustahkam turar.

2 Tog‘lar Quddusni o‘raganday, Hozirdan boshlab to abad Egamiz O‘z xalqini o‘rab olgandir.

3 Fosiq shohning saltanat hassasi Doimo solihlarning yurtida qolmaydi. Bo‘lmasa solihlar qo‘llarini yomon ishlarga uzatadi.

4 Ey Egam, yuragi to‘g‘ri bo‘lganlarga, Yaxshilarga yaxshilik qilgin.

5 Ey Egam, egri yo‘llarga burilganlarni Badkirdorlar bilan birga haydab yuborgin. Isroil uzra tinchlik bo‘lsin!