1 Ijrochilar rahbari Yodutunga. Dovud sanosi.
2 Jonim yolg‘iz Xudoga muntazirdir, Najot menga Xudodan keladi.
3 Ha, Uning O‘zi suyangan qoyam, najotimdir. Qal’am Udir, shu bois aslo qoqilmasman.
4 Ey dushmanlar, qachongacha meni turtasizlar?! Liqillab turgan chetan devorga, Qiyshaygan devorga hujum qilganday Hammangiz menga yopishaverasizlarmi?!
5 Sizning rejangiz obro‘yimni to‘kmoqdir. Yolg‘on–yashiq gaplardan zavq olasiz, Og‘zingiz bilan duo qilasiz, Ichingizda esa la’nat o‘qiysiz.
6 Ey jonim, yolg‘iz Xudoga muntazir bo‘lgin, Umidim manbayi Uning O‘zidir.
7 Yolg‘iz Xudodir suyangan qoyam, najotim, Qal’am Udir, shu bois qoqilmasman.
8 Najotimu sharafim Xudodan kelar, Qudratli qoyamu panohim Udir.
9 Ey xalqim, umid qil Xudodan, Yuragingni ochgin doimo Unga, Bizning panohimiz Xudodir.
10 Inson zoti bir nafasdir, Ha, inson zoti yolg‘ondir! Agar tarozida tortib ko‘rilsa, Hammasi birga havodan ham yengil chiqadi. Ularning aslo vazni yo‘qdir.
11 Yulg‘ichlikka ishonib qolma, Talonchilikka behuda umid qilma, Mabodo boyliging ko‘payib qolsa, Boyligingga ko‘ngil bog‘lama.
12 Ey Xudo, Sen menga bir narsa aytding, Shu ikki narsa haqida menga gapirding: Sen qudratli Xudosan.
13 Ey Rabbiy, Sening sevging cheksizdir. Shu bois Sen har bir insonni Qilgan ishlariga ko‘ra mukofotlaysan.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150