Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 127 Bob

tez o'tish:

1 Ziyorat qo‘shig‘i. Ey Egamizdan qo‘rqqanlar, hammangiz baxtlisiz, Ey Uning yo‘lidan yuradiganlar, sizlar baxtlisiz.

2 Mehnatingiz samarasini yeysiz, Baxtli bo‘lib, huzur–halovatga yetasiz.

3 Xotiningiz hovlingizdagi serhosil Uzum tokiga o‘xshagan bo‘ladi. Dasturxoningiz atrofidagi bolalaringiz Yosh zaytun ko‘chatiga o‘xshagan bo‘ladi.

4 Ey Egamizdan qo‘rqadiganlar, Shu tariqa baraka topasiz.

5 Egamiz Quddusdan turib sizga baraka bersin, Umringiz bo‘yi Sionning gullab–yashnashini ko‘ring.

6 Yashayvering siz, nevara–chevara ko‘ring, Isroil uzra tinchlik bo‘lsin!