Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 23 Bob

tez o'tish:

1 Dovud sanosi. Egamiznikidir zamin, undagi butun borliq, Olamu unda yashovchi jamiki jonzot.

2 U olamni o‘rnatgan dengizlar uzra, Mustahkam qilgan uni ummonlar uzra.

3 Kim turishi mumkin Egamizningmuqaddas makonida? Kim chiqishi mumkin Uning tepaligiga?

4 Qo‘li halol, qalbi toza insonlar, Soxta narsalarga ko‘ngil qo‘ymaganlar, Yolg‘ondakam ont ichmaganlar.

5 Egamiz ularga baraka beradi, Najotkor Xudo ularni oqlaydi.

6 Egamizga yuz burgan jamoa o‘shandaydir. Ha, Xudoga intilgan Yoqub nasli shundaydir.

7 Qaddingizni rostlang, ey darvozalar! Ochilinglar, ey azaliy eshiklar! Toki kira qolsin ulug‘vor Shoh!

8 U ulug‘vor Shoh kim ekan? Kuchli, qudratli Egamiz, Janglarda qudratli Egamiz, U Shohdir!

9 Qaddingizni rostlang, ey darvozalar! Ochilinglar, ey azaliy eshiklar! Toki kira qolsin ulug‘vor Shoh!

10 U ulug‘vor Shoh kim ekan? Sarvari Olamdir U. Uning O‘zi ulug‘vor Shohdir.