Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 145 Bob

tez o'tish:

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Egamni madh qil, ey jonim!

2 Tirik ekanman, Egamga hamdu sano aytaman, Umrim boricha Xudoyimga hamdu sano kuylayman.

3 Umid bog‘lamang shahzodalarga, Najot berolmaydigan inson zotiga.

4 Ular jon bergach, tuproqqa qaytar, O‘sha ondayoq ularning rejasi yo‘qqa chiqar.

5 Yoqubning Xudosini madadkorim, deb aytganlar baxtlidir, O‘zlarining Egasi Xudodan umid qilganlar baxtlidir.

6 Ha, Yoqubning Xudosi Osmonu yerni hamda dengizni yaratgan. Dengizu undagi hamma jonzotni U yaratgan, U to abad sodiq bo‘lib qoladi,

7 Mazlumlarga adolat qiladi, Ochlarga U non beradi. Asirlarni ozod qiluvchi Egamizdir.

8 Egamiz ko‘rning ko‘zlarini ochadi, Ikki bukilganlarning qaddini rostlaydi, Egamiz solihlarni sevadi.

9 Egamiz musofirlarni asraydi, Yetim, bevalarni qo‘llaydi, Fosiqning yo‘llariga xalaqit beradi.

10 Egamiz to abad hukmdordir, Ey Quddus, sening Xudoying nasllar osha hukmdordir! Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!