Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 29 Bob

tez o'tish:

1 Dovud sanosi. Egamizning uyi bag‘ishlangan paytda aytilgan qo‘shiq.

2 Ey Egam, Seni ulug‘layman! Qabr og‘zidan meni qutqarding, Dushmanlarim mening ustimdan kulishiga yo‘l qo‘ymading.

3 Sendan madad so‘rab yolvordim, ey Egam Xudo, Menga Sen berding shifo.

4 Ey Egam, o‘liklar diyoridan jonimni olib chiqding, Qabrga kirayotganimda meni qutqarding.

5 Ey Egamizning taqvodorlari! Egamizga hamdu sano kuylanglar, Uning muqaddas nomini olqishlang.

6 Egamizning g‘azabi bir lahza davom etadi, Lutfu karami bir umr tugamasdir. Shu bois qayg‘u–alam tun bo‘yi davom etsa ham, Tong bilan birga shodlik ham kirib keladi.

7 Ishlarim yurishganda, “Aslo qoqilmasman!” der edim.

8 Ey Egam, lutfu karaming bilan Meni tog‘day mustahkam qilganding. Ammo yuzingni o‘girganingda, Men dahshatga tushdim.

9 Ey Egam, men Senga iltijo qildim, Shafqat so‘rab, ey Rabbiy, Senga yolvordim:

10 Agar men kirib ketsam qabrga, Mening o‘limimdan ne foyda Senga?! Tuproq Senga hamdu sano aytarmi?! Sening sodiqligingni u so‘ylarmi?!

11 Eshit, ey Egam, menga rahm qilgin, Ey Egam, menga madadkor bo‘lgin!

12 Azamni Sen to‘yga aylantirding, Aza libosini egnimdan olib tashlading, Shodlikni menga kiygizding.

13 Qalbim sukut saqlamay, Seni kuylab sano o‘qisin, Ey Egam Xudo, Senga to abad shukr aytaman.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150